Asosiy kontentga o'tish
Platforma haqida

BILIMNUR — natijaga yo'naltirilgan ta'lim makoni

BILIMNUR o'quvchilarni xalqaro va milliy imtihonlarga, olimpiadalarga hamda nufuzli maktablarga puxta tayyorlaydi. Maqsadimiz — sifatli bilimni har bir o'quvchiga yetkazish.

Bizning maqsadimiz

Zamonaviy va tizimli ta'lim orqali o'quvchilarning bilim darajasini oshirish, ularni kelajak imtihonlari va kasb tanloviga ishonch bilan tayyorlash.

Asosiy tamoyillarimiz:

Har bir o'quvchiga individual yondashuv
Imtihon va olimpiadalarga aniq yo'naltirilgan dastur
Online va offline qulay formatdagi darslar
01

Online va offline

O'zingizga qulay formatda — jonli darslarda yoki masofadan turib bilim oling.

02

Tajribali ustozlar

Imtihon va olimpiadalarda tajribaga ega, natija beradigan murabbiylar jamoasi.

03

Natijaga yo'naltirilgan

Aniq maqsad, tizimli dastur va muntazam nazorat orqali real natijaga erishasiz.

04

Mualliflik materiallar

Asoschilar tomonidan tayyorlangan kitob va qo'llanmalar bilan mustahkam asos.

Bizning jamoa

Kuchli ustozlar — yuqori natijalar kafolati

Platformamiz asoschilari va yetakchi mutaxassislarimiz har bir o'quvchining maqsadlariga yetishishi uchun tizimli dars dasturlarini taklif qiladi.

Sadullayev Aliy - BILIMNUR Asoschisi
Loyiha Asoschisi

Sadullayev Aliy

Matematik o'qituvchi, darsliklar muallifi va xalqaro olimpiadalar murabbiysi

Sadullayev Aliy — matematika sohasida yirik tajribaga ega taniqli pedagog hamda mamlakatimizdagi o'quvchilar orasida ommalashgan ko'plab darslik va o'quv qo'llanmalarining muallifidir. Uning muallifligidagi "Mantiqiy matematika", "Kenguru xalqaro olimpiadasi masalalari"va boshqa matematika yo'nalishidagi kitoblari bugungi kunda o'quvchilarda mustaqil va tanqidiy fikrlashni, masalalarni samarali va nostandart usullar orqali yechish ko'nikmalarini rivojlantirishga xizmat qilmoqda.

Ushbu to'plangan barcha boy bilim va tajribalarni yagona tizimga keltirish maqsadida BILIMNURplatformasiga asos solindi. Bizning darslarimiz va kitoblarimiz Prezident maktablari, ixtisoslashtirilgan maktablar, fan olimpiadalari hamda SAT va Milliy sertifikat imtihonlariga tayyorlanayotgan yoshlarimizning eng ishonchli hamkoridir.

Mualliflik darslik va kitoblari
Prezident maktabi maxsus dasturi

"Matematika — bu faqatgina raqamlar va formulalar emas. Bu fikrlash madaniyati, mantiqiy xulosalar chiqarish qobiliyatidir. Platformamiz orqali har bir yoshga kelajak cho'qqilarini zabt etishda kuchli poydevor yaratib berishga intilamiz."

— Sadullayev Aliy

Loyiha ishtirokchisi

Asadbek Turdimuratov

Loyiha yordamchisi, matematika va ingliz tili tadqiqotchisi

IELTS Score: 6.5SAT Math: 1320 / 1600Fan Olimpiadalari G'olibi

Asadbek Turdimuratov — Nukus shahridagi 10-sinf maktab o'quvchisi bo'lib, hozirgi kunda BILIMNUR platformasida Aliy Sadullayevning eng faol yordamchisi va shogirdidir. U matematika va ingliz tili yo'nalishlarida yuqori natijalar ko'rsatib kelayotgan yosh tadqiqotchidir. Matematika bo'yicha ko'p karra fan olimpiadalari g'olibi bo'lgan Asadbek, o'rgangan bilimlarini tengdoshlari bilan ulashishga intiladi.

U o'zining maktab darslari bilan bir vaqtda ingliz tilidan xalqaro IELTS 6.5 va matematika bo'yicha xalqaro SAT 1320 ballik ko'rsatkichlarni zabt etgan. Hozirda u loyiha yordamchisi sifatida Aliy Sadullayev boshchiligidagi kitoblar ustida ishlashda va platforma kontentlarini tayyorlashda ko'maklashib kelmoqda.

Loyiha yordamchisi va koordinatori
Kitoblar va o'quv kontenti ustida ishlash

"Matematik muammolarni hal qilish va til o'rganish — bu shunchaki qobiliyat emas, bu har kuni mashq qilinishi lozim bo'lgan go'zal san'atdir. Men ustozim Aliy Sadullayevdan o'rgangan tajribam orqali kitoblar va o'quv materiallarida foydali kontentlar yaratishga hissa qo'shishdan xursandman."

— Asadbek Turdimuratov

Asadbek Turdimuratov - BILIMNUR Loyiha Yordamchisi
Kitoblar va qo'llanmalar

Asoschilarimiz mualliflik kitoblari

Sifatli ta'lim va imtihonlarda yuqori natijalar kafolati bo'lgan maxsus darslik va qo'llanmalar to'plami.

Mualliflik qo'llanmalarImtihonlarga mos tayyorlanganNukus do'konidan yetkazib berish
Bestseller
Bilimnur asoschilari

Prezident va ixtisoslashtirilgan maktabga topshiruvchilar uchun qo'llanma

Prezident va ixtisoslashtirilgan maktablar imtihonlariga tayyorlanish uchun matematika fanidan mukammal qo'llanma.

Sotib olish
Bilimnur asoschilari

Kenguru xalqaro olimpiadasi masalalari

Kenguru xalqaro matematika olimpiadasi masalalari (O'zbek va qoraqalpoq tillarida).

Bilimnur asoschilari

Mantiqiy savollar va tanqidiy fikrlar

Prezident maktabi imtihonlari 2-bosqichi uchun qo'llanma.

Kitob do'koni buyurtma xizmati

Kitoblarimizni Nukus shahridagi do'konimizdan xarid qilishingiz yoki telefon orqali buyurtma berishingiz mumkin.

Buyurtma: +998 97 829 00 81
Kurslarimiz

Siz uchun eng kerakli yo'nalishlar

Bizning kurslarimiz tajribali murabbiylar tomonidan tizimli dastur asosida o'tiladi. O'zingizga mos kursni tanlang va kelajak poydevorini hozirdan quring.

Tez orada

SAT tayyorgarlik

Xalqaro universitetlarga kirish uchun SAT imtihoniga to'liq tayyorgarlik — Math va English bo'limlari bo'yicha tizimli darslar.

Kursda o'rganiladi:

  • Math (Algebra, Geometry)
  • Reading & Writing
  • Sinov imtihonlari
Tez orada

Fan olimpiadalari

Barcha fanlar bo'yicha olimpiadaga tayyorgarlik — matematika, fizika, kimyo, biologiya, informatika va boshqalar.

Kursda o'rganiladi:

  • Chuqurlashtirilgan dastur
  • Masalalar yechish
  • Tajribali murabbiylar
Tez orada

Prezident va ixtisoslashtirilgan maktablar

Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarga kirish imtihonlariga maxsus tayyorgarlik kurslari.

Kursda o'rganiladi:

  • Kirish testlari
  • Mantiqiy fikrlash
  • Fanlardan asoslar
Tez orada

Milliy sertifikat

Fanlardan Milliy sertifikat olishga yo'naltirilgan, imtihon formatiga mos amaliy tayyorgarlik.

Kursda o'rganiladi:

  • Imtihon formati
  • Amaliy mashqlar
  • Natijaga yo'naltirilgan
Tez orada

Til o'rganish — IELTS & Multilevel

Ingliz tili va xalqaro/milliy sertifikatlar (IELTS, Multilevel) uchun til ko'nikmalarini rivojlantirish kurslari.

Kursda o'rganiladi:

  • Speaking & Writing
  • Listening & Reading
  • Mock testlar

Boshqa yo'nalish qiziqmi?

Agar o'zingiz izlagan yo'nalishni topa olmagan bo'lsangiz, bizga yozing. Sizga mos dasturni birgalikda tanlaymiz.

Bog'lanish

Biz bilan bog'laning

Savollaringiz bormi yoki kurslar va kitoblar haqida ma'lumot kerakmi? Quyidagi kanallar orqali biz bilan tez bog'lanishingiz mumkin.